Tesla Model S 1210 km masofani bir martalik quvvat bilan bosib o`tgan birinchi elektromobil bo`ldi

Amerikaning akkumulyator ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Our Next Energy (ONE) Tesla Model S ga kattaroq batareya o`rnatdi va u yangi quvvat bilan eng uzoq masofani bosib o`tish bo`yicha dunyo rekordini o`zgartirdi.

Xabar qilinishicha, quvvat manbai o`zgartirilgan Tesla Model S 203,7 kVt/soat quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlangan. Sinov paytida mashina o`rtacha 88 km/soat tezlikda harakatlangan va bitta quvvat bilan 1210 km masofani bosib o`tishga erishgan. Tajriba taxminan 14 soat davom etdi.

Our Next Energy kompaniyasi ushbu yangi batareya to`plamini “Egizaklar” deb atadi. Korxona ta`sischisi va bosh direktori Mujib Ijaz “Biz hozirda ko`pchilik iste`molchilarni qiynayotgan masofa muammosi borasidagi tashvishlarni bartaraf etish orqali elektr transport vositalarining mashhurligini oshirishni maqsad qilganmiz” dedi.