Qahramonlik ko`rsatgan Uber haydovchisiga yangi ish taklif qilindi

DaVante Uilyams o`zining o`smir yo`lovchisini besh soatdan ko`proq vaqt davomida ota-onasining “qo`liga” xavfsiz yetkazib olib borishga bor e`tiborini qaratdi. Haydovchi va yo`lovchi Virjiniya shtatidagi 95-shosseda boshqa son-sanoqsiz transport vositalari bilan birga qor bo`ronida qolib ketishgandi.

Uber haydovchisi CNNga bergan intervyusida kuchli qor bo`roni 50 mil masofadagi tirbandlik yaratganidan bexabar qolganligini aytdi. Buning natijasida ba`zi haydovchilar yo`lda 24 soatdan ko`proq vaqt davomida qolib ketishdi.

32 yoshli Uilyamsning so`zlariga ko`ra, u ob-havo sharoiti tufayli poyezdlar qatnovi bekor qilinganidan keyin seshanba kuni soat 2:00 atrofida mijoz o`smir qizni Union Station stansiyasidan olib ketgandi. Uilyams tirbanlik muammosi borligini tushunganida, ular allaqchon ikki yarim soatlik yo`lni bosib o`tishgandi.

Uilyams tirbandlikni aylanib o`tib, boshqa yo`ldan ketmoqchi bo`lganida, politsiya xodimlari uni shossega qayta yo`naltirdi, chunki ushbu aylanma yo`llar ham kesilgan daraxtlar va elektr tarmoqlari tufayli yopilgan edi. Uning so`zlariga ko`ra, u yo`lovchining holidan xabar olishda davom etgan va unga mashinada turgan ichimliklar va yemaklarni taklif qilgan.

“U (yo`lovchi qiz) menga yaxshi (ahvolda) ekanini aytardi, lekin men oilasi va do`stlari bilan telefonda gaplashayotganida uning shunchaki charchagani va asabiyligini his qildim”, – dedi DaVante.

Uilyams yo`lovchini yolg`iz qoldirishni istamadi, shuning uchun uning dam olishi va xavfsiz bo`lishi uchun qizning ota-onasini uni mehmonxonada qoldirishga ko`ndirdi.

Qizning ota-onasi dastlab qarshilik ko`rsatishdi, lekin buning yaxshi fikr ekanligi uchun rozi bo`lishdi. “Ular meni tanishmaydi, men ham ularni tanimayman va men buni (to`g`ri) tushunaman”, – dedi Uilyams. “Ular faqat farzandlarining xavfsizligiga ishonch hosil qilishni xohlashadi”.

U ertalab soat 8 atrofida mijozni mehmonxonaga joylashtirdi va yo`llar tozalanishi bilan qizni Uilyamsburgga tekinga olib borib qo`yishni taklif qildi.

Uber kompaniyasi Uilyamsga mehmonxona uchun to`langan pulni qoplab berdi va yo`lovchi haqida qayg`urgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Janob Uilyams ushbu juda stressli vaziyatda qo`lidan kelganini qildi va biz unga harakatlari uchun rahmat deymiz”, – dedi kompaniya vakili CNNga. Kompaniya Twitterdagi sahifasida “hamma qahramonlar ham plash kiyishmaydi” deb post qoldirdi.

Uilyamsga xizmati uchun 107 dollar to`langan, ammo mijozlarga ajoyib tarzda xizmat ko`rsatishi unga yangi imkoniyatni taqdim etdi. Unga Dallas, Xyuston, Los-Anjeles, Mayami va Kolumbiya okrugida faoliyat yurituvchi yuqori darajadagi avtomobil ijarasi kompaniyasi Altoda yetakchi haydovchi sifatida yarim kunlik ish taklif qilindi. Uilyams boshqa haydovchilarni mijozlarga xizmat ko`rsatish va ularning transport vositalariga texnik xizmat ko`rsatishga o`qitishini aytdi.

“Biz juda hursandmiz”, – dedi kompaniya matbuot kotibi CNNga elektron pochta orqali. “DaVante aynan mijoz roziligi va xavfsizligiga ixtisoslashgan yetakchidir”.