O`zbekiston besh yil ichida 70 milliard dollarlik xorijiy sarmoyani o`zlashtirishni rejalashtirmoqda

Shavkat Mirziyoyev 2022-2026-yillarga mo`ljallangan investitsiya dasturini tasdiqladi. Bu sohada yangi yondashuvlarni qo`llashni nazarda tutadi.

Xususan, hukumatt investitsiya tashabbuslari uchun loyihalarni boshqarish tizimi deb ataladigan tizimni joriy qiladi.

Buning uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida maxsus markaziy apparat, hududlarda esa viloyat, tuman va shahar loyiha guruhlari hamda xolding kompaniyalari tashkil etiladi. Umuman olganda, 2026-yil oxirigacha O`zbekistonda 70 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar o`zlashtirilishi rejalashtirilgan.