Miya buyruqlarini qabul qilib ularni raqamli signallarga aylantiradigan neyrointerfeys

Fransiyaning NextMind kompaniyasi miya buyruqlarini qabul qilish va ularni raqamli signallarga aylantirish qobiliyatiga ega Dev Kit neyrointerfeys to`plamini ishlab chiqdi va keng jamoatchilikka taqdim qildi.

Ishlab chiqaruvchilarning so`zlariga ko`ra, Elon Maskning miya chiplaridan farqli o`laroq, Dev Kit miyaning ichiga joylashtirilmaydi, balki boshning orqa qismiga biriktiriladi.

Neyron profilni yaratish uchun gadjetga 45 soniya yetarli bo`ladi, shundan keyin u signallarni raqamli ko`rinishda uzatishni boshlaydi.

Qurilmaning narxi 399 dollarni tashkil qiladi.