JSST: “Omikron” emlanmaganlar uchun xavfli virus bo’lib qolmoqda

Chorshanba kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti direktori Tedros Adhanom Gebreyesus o‘ta yuqumli “Omikron” shtammining o‘ta og‘ir bo‘lmagan alomatlarga sabab bo‘lishiga qaramay, xavfli virus bo‘lib qolishidan ogohlantirdi.

“Omikron Deltaga (hozirgacha dominant bo’lgan shtamm) qaraganda kamroq jiddiy simptomlarni keltirib chiqarsa-da, u xavfli virus bo’lib qolmoqda, ayniqsa emlanmagan odamlar uchun”, dedi u matbuot anjumanida.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti keyinchalik “Omikron” deb nomlangan “B.1.1.529” shtammiga birinchi chalinish 11 noyabr kuni Botsvanada ushbu shtammning tarqalishi boshlangan Janubiy Afrikada qayd etilgan.