Inson fikrini “o`qiy oladigan” quloqchinlar ishlab chiqildi

Ular sizga qachon aqliy tanaffus zarurligini aniqlashadi va ish jarayonida e`tiboringiz kamaysa, tanaffus qilishni taklif qilishadi.

Yangi qurilma Neurable neyrotexnologik kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo`lib, u Enten nomini oldi. Ispan tilidan tarjima qilinganda bu so`z “tushunmoq” degan ma`noni anglatadi.

Ixtiro ko`rinishidan oddiy quloqchinlarga o`xshaydi, lekin unda inson miyasidagi neyronlar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr signallarini kuzatish uchun sensorlar o`rnatilgan. U inson diqqatini jamlaganda yoki chalg`iganida miya to`lqinlari ko`rinishini aniqlash uchun turli algoritmlardan foydalanadi.

Agar tahlil “haddan tashqari stressda” ekanligingizni aniqlasa, qurilma tinchlantiruvchi musiqiy fonni yoqishi yoki hatto “aqliy quvvatingizni qayta tiklash” uchun tanaffus qilishni taklif qilishi mumkin.

Kelajakda qurilma odamning holatini boshqa omillar bilan aniqlashni “o`rganishi” rejalashtirilmoqda. Ular qatoriga, inson qanchalik tez-tez tebranishi, suv ichishi va tabassum qilishi kiritilgan. Ushbu ma`lumotlarga asoslanib, minigarnituralar inson holatiga mos musiqani mustaqil ravishda tanlaydi. Qurilmani 279 dollarga buyurtma qilish mumkin.