Germaniya Telegramga millionlab dollar jarima solishi mumkin

Germaniya Adliya vazirligi Telegram messenjeriga Germaniya qonunchiligini buzgani uchun millionlab dollar jarima bilan tahdid qildi.

Germaniya Adliya vaziri Marko Bushmanning aytishicha, kompaniya mamlakatdagi kontaktni belgilashi va ijtimoiy tarmoqdagi noqonuniy kontent haqida xabardor qilish mexanizmi ishlashini ta’minlashi kerak.

Adliya vaziri Germaniya rasmiylari “Messenger Telegram” shtab-kvartirasi joylashgan Amirlik rasmiylari bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lib turishini qo‘shimcha qilib, “Agar xabarnomani yetkazish bo‘yicha keyingi urinish muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, keyingi qadam jarima solish bo‘lishini mumkinligini ta’kidladi.