Chicago shahrida futbol boʼyicha Navro’z Kubogi o’tkaziladi

Assalomu alaykum qadrdonlar!

Xabaringiz bor Chicago shahrida o’tkaziladigan Navro’z Kubogi pandemiya sababli 2022 yilga ko’chirilgan edi.
MahallaUSA (Ta’sischi) va Chicago-Uzbek American Association
(Mezbon) musobaqa sanasini 03.26.2022 yil, shanba kuniga belgiladi.
Musobaqamizda qatnashish istagi bor jamoalar 01.20.2022 gacha quyidagi kontaktlar:

Email: mahallausa@yahoo.com, Office telefon: (718)737-4664 orqali aloqaga chiqib, qatnashishlikni tasdiqlashlarini so’rab qolamiz.

Musobaqa reglamentini qatnashuvchilar soni aniq bo’lgandan so’ng havola etamiz.

Nasib qilsa, bu yilgi musobaqaga O’zbekistondan taniqli sport va ma’daniyat vakillarini mehmonga chaqirish rejalarimiz bor (Ravshan Irmatov, Odil Akhmedov, Avaz Ohun).

Hurmat bilan,
Mustaqillik va Navro’z kubogi tashkiliy qo’mitasi nomidan,
Abdumalik Ahmedov.