BMT 11 davlat ovoz berish huquqini to’xtatdi. Jumladan Eronning ham

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tashkilot Ustavining 19-moddasi qoidalariga ko‘ra, yillik to‘lovlarini to‘lamagani sababli Bosh Assambleyasida 11 davlatning ovoz berish huquqini to‘xtatib qo‘ydi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Bosh Assambleyaga yo‘llagan maktubida jami 11 davlat o‘z to‘lovlarini to‘lamaganini aytdi.

Bosh Assambleyada ovoz berish huquqidan mahrum boʻlgan davlatlar roʻyxatiga Antigua va Barbuda, Komor orollari, Kongo, Gvineya, Eron, Papua-Yangi Gvineya, San-Tome va Prinsipi, Somali, Sudan, Vanuatu va Venesuela kiradi.

Guterrish har bir davlat o‘z ovozini qaytarish uchun to‘lashi kerak bo‘lgan minimal miqdorni qayd etdi. Eron 18 million dollardan sal ko’proq to’lashi kerak, Sudan qariyb 300 ming dollar, Venesuelaga esa 40 million dollar kerak.

Boshqalar esa ovozlarini qaytarib olish uchun kamida 75 000 dollar toʻlashlari kerak.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining dekabr oyida tasdiqlangan operatsion byudjeti taxminan 3 milliard dollarni tashkil etgani xabar qilingan. Uning tinchlikparvar operatsiyalar uchun ajratilgan va iyun oyida tasdiqlangan byudjeti taxminan 6,5 milliard dollarni tashkil qiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga ko‘ra, a’zo davlatning ovoz berish huquqi, agar uning qarzi oxirgi ikki yil davomida to‘lashi kerak bo‘lgan yig‘imlar miqdoriga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, to‘xtatiladi.