Blinken Qozog‘iston prezidentining buyrug‘iga izoh berdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayevning Qozog‘istondagi namoyishlar to‘lqini paytidagi tartibsizliklar ishtirokchilarini otib tashlash haqidagi buyrugʻini qoraladi.

Blinken, yakshanba kuni “CNN” telekanaliga bergan intervyusida: “Men bu bayonotni qoralayman. Agar bu milliy siyosat bo’lsa, men uni qoralayman”, degan.

Yanvar oyi boshidan beri Qozogʻistonda keng koʻlamli zoʻravonlik bilan kechgan ommaviy namoyishlar guvohi boʻldi, shuningdek, Janauzen va Aqtau shaharlarida suyultirilgan gaz narxining ikki baravar qimmatlashishiga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi.