BAA da O`zbekiston fuqarosi halok bo`ldi

41-yoshli o`zbek millatiga mansub O`zbekiston fuqarosi Sharjada ko`p qavatli binoning 12-qavatidan yiqilish oqibatida halok bo`ldi.

Mahalliy polisiyaning aytishicha, ayol yashab ketish imkoni bo`lmagan darajada olgan jarohatlari tufayli polisiya va tez yordam kelishidan avval hayotdan ko`z yumgan. Fuqaroning jasadi sud-tibbiy laboratoriyaga olib ketilgan. Ilk tergov natijalariga ko`ra, ayol o`z joniga qasd qilgan. Sodir bo`lgan voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini amirlik polisiyasi va prokuraturasi olib bormoqda.