Avstraliya: Koronavirus sertifikati yo‘qligidan norozi erkak o‘ziga oʻt qoʻydi

Avstraliyaning Melburn shahrida erkak kishi korona virusiga qarshi emlanganlik sertifikatiga ega bo‘lmagani uchun o‘zini yoqib yubordi.

Yangi yilning birinchi kuni ertalab Richmond Cherkov ko‘chasida bir kishining mashinasi yonib ketgani sababli voqea joyiga favqulodda yordam guruhlari yetib kelgan. Guruhlar erkak yoqqan olovni o‘chirgan, so‘ng uni kasalxonaga olib ketgan. Yaqin atrofdagi restoranga tashrif buyurganlar bu voqeadan hayratda qolishgan, chunki ulardan birining so‘zlariga ko‘ra, erkak avval o‘zining ustiga benzin quygan, soʻng oʻzi va mashinasini yoqib yuborgan.