AQShda afro-amerikalikni o’ldirgan 3 erkak umrbod qamaldi

Jorjiya sudi afro-amerikalik Ahmaud Arberini ta’qib qilgan va o‘ldirgan uch oq tanli erkakni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Juma kuni sudya Timoti Uolmsli Uilyam Brayanni shartli ravishda ozod qilish imkoniyati bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, u Gregori MakMaykl va uning o’g’li Trevis MakMayklni muddatidan oldin ozodlikka chiqish imkoniyatidan mahrum qildi.

Sudya 2020 yilda Arberini yugurish paytida o’ldirishda ayblangan uch kishiga hukm chiqarishdan oldin bir daqiqalik sukut saqladi.