AQShda 2500 ga yaqin reyslar bekor qilinmoqda

“Flight Aware” veb-saytining xabar berishicha, Qo’shma Shtatlardagi mahalliy hokimiyat shanba kunidan beri 2,584 ta reysni bekor qilgan, bu dunyodagi bekor qilingan 4,501 reysning deyarli yarmini yashkil etadi. Bunga koronavirusning Omicron shtammining tarqalishi va ob-havo asosoy sabab bo’lgan.

Saytning qo’shimcha qilishicha: “Dunyo bo’ylab qoldirilgan jami 7 381 reysdan 3271 ta reys AQShga keluvchi va undan ketuvchi reyslardir”.

Sayt Amerikaning eng ko’p zarar ko’rgan aviakompaniyasi “Southwest” kompaniyasi bo’lib, u o’z reyslarining 13 foizini bekor qilishga majbur bo’lganini ta’kidladi.

Mamlakat shimolidagi Chikago aeroportlarida, ayniqsa ob-havo sharoitining yomonlashishi tufayli turbulentlik hukm surdi va mintaqada qor bo’roni kutilmoqda.