2022-yilda Yerning uchta hududida urush bo`lishi bashorat qilindi

2022-yilda Yerning uchta hududida birdaniga yirik harbiy mojarolar kelib chiqishi mumkin. Fransuz jurnalisti Alen Frashon Le Monde gazetasida chop etilgan maqolasida shunday bashorat qildi.

Maqola muallifiga ko`ra, so`nggi bir yil ichida eng katta xalqaro keskinliklar Ukraina, Eron va Tayvan atrofida yuzaga kelgan. Uning so`zlariga ko`ra, jahon yetakchilari keng ko`lamli mojaro xavfini aynan shu tartibda kutishlari kerak bo`ladi.

“Rossiya prezidenti (Vladimir Putin) Kiyevga borishga va butun Ukrainani o`ziga bo`ysundirishga tayyorligini ma`lum qildi. U o`z mamlakatining harbiy qudratini namoyish etish uchun ultrazamonaviy raketa tizimlari, koinotdagi vayronkor imkoniyatlar, Ukraina chegaralarida keng ko`lamli harbiy harakatlarni namoyish etish bilan oldindan tayyorgarlik ko`rdi”, – deb yozgan Frashon.

Uning bashoratiga ko`ra, Donbassdagi urushning qayta boshlanishining asosiy omillari Qo`shma Shtatlarning Rossiya tomonidan taqdim etilgan xavfsizlik kafolatlarini qabul qilishni istamasligi va NATOning sharqqa tomon kengayishi bo`yicha “qizil chiziqlar”ni bosib o`tishi bo`ladi. Putin yangi “Yevropa xavfsizlik arxitekturasi”ga iloji boricha, Sovet Ittifoqi davrida mavjud boʻlgan Rossiya taʼsir zonasini qaytarishni istaydi. Buning uchun NATO har qanday yangi a`zolar uchun eshiklarini yopishi kerak bo`ladi”, – deb tushuntirish berdi jurnalist.

Frashon yangi urush boshlanishi mumkin bo`lgan ikkinchi mintaqani Eron deb hisoblaydi. Uning ta`kidlashicha, 2022-yil boshida mamlakat uranni 60 foizga boyitish darajasiga yetadi. Bu yadroviy qurol ishlab chiqarishni boshlash uchun yetarli. Shu bilan birga, maqola muallifi ishontirganidek, Tehron va G`arb davlatlari o`rtasida murosa qilish uchun “masofa” tobora kamayib bormoqda.

Jurnalist ro`yxatidagi uchinchi xavfli mintaqa bu Tayvandir. Ekspertning ishontirishicha, Xitoy Respublikasi nazoratidagi isyonkor orol yaqinida harbiy-dengiz mashqlarining kuchayishi XXRning yaqin oradagi harbiy bosqinidan dalolat beradi. Uning so`zlariga ko`ra, Vashingtonning bu boradagi noaniq pozitsiyasi va Amerika rasmiylarining vaziyatga aralashishni istamasligi Pekinning qo`llarini “bo`shatadi” va uni uzoq vaqtdan beri davom etayotgan hududiy bahsni qisqa vaqt ichida hal qilishga undaydi.