2022-yilda 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo`yicha bitimlar imzolanadi

Ma`lumki, so`nggi yillarda yurtimizda yashil energetikani rivojlantirish, xususan, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo`yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ushbu yo`nalishda o`tgan qisqa 3 yil ichida quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo`yicha 10 ta bitim imzolandi.

Ta`kidlash kerakki, 2021 yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida birinchi 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Shu bilan birga, joriy yil 1 choragida Samarkand viloyati Nurobod tumanida ikkinchi 100 MVt quvvatli yirik quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirilishini rejalashtirilgan.

Joriy 2022 yilda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida yirik ishlar amalga oshiriladi.

Xususan, Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo, Farg`ona va boshqa viloyatlarda umumiy quvvati 1 900 MVt bo`lgan 8 ta quyosh fotoelektr stansiyalarini hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida umumiy quvvati 1 700 MVt bo`lgan shamol elektr stansiyalarini qurish uchun loyiha bitimlari imzolanishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, 2023 yilda Samarqand, Jizzax, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 1 097 MVt bo`lgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyalari va Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro (G`ijduvon va Peshku) va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt bo`lgan 4 ta shamol elektr stansiyalari “yashil” energiya ishlab chiqarishni boshlaydi.