Yoshlar Paraosiyo o`yinlaridagi medallarimiz sakkiztaga yetdi

Avval ma’lum qilganimizdek, ayni kunlarda Bahrayn davlatida yoshlar o`rtasida Paraosiyo o`yinlari bo`lib o`tmoqda.

Musobaqaning uchinchi kunida para suzuvchimiz Azizbek Boynazarov uchinchi medalini qo`lga kiritdi. S8 klassida 100 metrga batterflay dasturida qatnashgan hamyurtimiz marraga uchinchi bo`lib yetib keldi. 1:18:80 daqiqa natija qayd etgan Boynazarov bu gal bronza medalini o`z hisobiga yozib qo`ymoqda.

Eslatib o`tamiz, Azizbek Boynazarov bundan avval terma jamoamiz hisobiga 2 ta oltin medalni keltirgan edi. Hozircha delegasiyamiz hisobida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali mavjud.