Xitoy Afg`onistonga yana 4,7 million dollar ajratadi

“Xitoy hukumati kelayotgan qishning sovuq kunlariga va ochlikka qarshi kurashish uchun afg`onlarga qo`shimcha 4,7 million dollar ajratadi”, – dedi dushanba kuni Xitoyning Afg`onistondagi elchisi Van Yu.

O`tgan shanba kuni Xitoyning Kobuldagi elchixonasi Kobul va boshqa joylarda muhtojlarga 2000 dona oziq-ovqat paketlarini topshirdi. “Biz afg`onlarga qo`limizdan kelganicha yordam beramiz”, – degan edi o`shanda xitoylik diplomat.

23-noyabr kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Chjao Litszyan Xitoyning Shinjon shahridan Afg`onistonga ming tonnadan ortiq insonparvarlik yordami va asosiy ehtiyojlar yuklangan maxsus yuk poyezdi jo`natilganini ma’lum qildi.

“5000 tonnadan ortiq don va 3 million doza COVID vaksinasi partiyalarda jo`natiladi. Biz afg`on xalqining chaqirig`i va ehtiyojlarini inobatga olishda davom etamiz va Afg`onistonga uning qiyinchiliklarini yengib o`tishda ko`proq va konstruktiv rol o`ynaymiz”, – deya ta’kidladi u.