Xakerlar “ishlashga qarshi” manifest e`lon qildilar

AQShda xakerlari o`nlab printerlar tizimini buzib kirib, kapitalizm sharoitida ishchilar ekspluatatsiya qilinayotgani to`g`risida “ishlashga qarshi” manifestlar chop etishdi.

Ularda mashhur Reddit hamjamiyatining “Antiwork” sahifasiga havola ilova qilindi. Manifestlarda hamkasblar bilan ish haqi bo`yicha fikr almashish va kasaba uyushmalariga birlashish taklif etilgan.

Xakerlar chek chop etadigan miniprinterlar orqali o`nlab antikapitalistik manifestlarni chop etishdi. Ularda kasaba uyushmalariga birlashish va kam maoshli ishlardan bo`shab ketish haqida gap boradi. Shuningdek, qo`pol, zolim boshliqlar ustidan shikoyat qilish mumkinligi aytiladi.

So`nggi ikki yil ichida “Antiwork” hamjamiyatining Redditdagi obro`si keskin oshib ketdi. Pandemiya davrida sahifa bir milliondan ortiq obunachilarga ega bo`ldi. Foydalanuvchilar bu yerda nafaqat o`zlarining ish sharoitlaridan shikoyat qilishlari mumkin, balki ularga antikapitalistik adabiyotlarni o`qish ham tavsiya qilinadi. Ba`zan sahifa ta’sirida odamlar “umumiy ish tashlash”ni ham uyushtirishdi. Ommaviy axborot vositalari sahifaning siyosiy harakatga aylanishini bashorat qilmoqdalar.

Reddit foydalanuvchilarining yozishlaricha, xabarlarda ishchilar uchun yaxshi ish sharoitlarini yaratish chaqiriqlari mavjud. Ulardan birida mualliflar ish haqi adolatli bo`lishiga ishonch hosil qilish uchun boshliqlarning taqiqlariga qaramay, hamkasblar bilan maoshlarni muhokama qilishga undaladi.

“Siz qonuniy ravishda shunday qilishga haqlisiz. Qullarga to`lanadigan maoshlar faqat shu tarzda ishlashga rozi bo`lgan odamlar borligi uchun mavjud”, – deyiladi bir xabarda.