“Toshkent yoshlarni sevadi”: Poytaxtda yoshlar oyligi qizg`in davom etmoqda

Yoshlar oyligining ilk haftasida bo`lib o`tgan “Intellektual o`yinlar” doirasidagi tadbirlarga jami 6790 nafar yoshlar ishtirok etishdi. Shundan 5148 nafar yoshlar tomoshabin sifatida qatnashgan bo`lsa, 1642 nafar yoshlar bevosita ishtirokchi sifatida tadbirlarda qatnashishdi.

20-noyabr kuni Toshkent shahar hokimi o`rinbosari Durdona Rahimova bilan birgalikda juda qizg`in va unutilmas onlarga boy bo`lgan “Intellektual o`yinlar” haftaligi doirasida tashkil etilgan tadbirlarning 72 nafar g`olib yoshlari “Magic city” majumasida tantanali ravishda taqdirladik.

Bundan tashqari, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning 38 nafariga kontrakt to`lovlarini to`lash yuzasidan sertifikatlar topshirildi. Toshkent yoshlarni chindan sevadi. Hali eng qizig`i oldinda. Bular boshlanishi, xolos.