Markaziy bank O`zbekistonda United Fintech to`lov tizimini ro`yxatdan o`tkazdi

Bu haqida moliyaviy regulyatorning matbuot xizmati xabar berdi.

“Markaziy bank Boshqaruvi qaroriga asosan “QULAY PUL” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga to`lov tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi”, – deyiladi xabarda.

United Fintech sayti hujjat Markaziy bank tomonidan 27-noyabr kuni taqdim etilgani haqida xabar berdi. Xizmatni ishga tushirish 2022 yilning birinchi choragiga mo`ljallangan.

Umumrespublika UZCARD protsessing markazi va Milliy banklararo HUMO protsessing markazidan keyin United Fintech to`lov tizimi mamlakatimizda uchinchi o`rinni egallaydi.

Noyabr oyi boshida O`zbekiston Markaziy banki Rossiyaning QIWI kompaniyasiga mamlakat hududida o`z faoliyatini amalga oshirishga ruxsat bergandi.