Kobulda ko’chma kutubxonalar o’z faoliyatini qayta boshladi

Ko‘chma kutubxona Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi mehribonlik uyiga qaytadan kirib, toliblar mamlakatda hokimiyatga qaytganidan beri ilk bor bolalarning yuziga tabassum olib keldi.

“Men o’zimni juda baxtli his qilyapman va yana o’zim yaxshi ko’rgan kitoblarni o’qiyapman”, dedi 11 yoshli Arizo Azizi, uning sevimli kitobi mushukning hisoblashni o’rgangan sari ko’proq pishloq olishi haqida.

“Kutubxona uch oydan beri kelmayotgan edi”, deya qoʻshimcha qildi u kutubxonaga aylantirilgan jamoat avtobusini nazarda tutib.

Koʻchma kutubxona Afgʻoniston Garvard universiteti bitiruvchisi Frishta Karim tomonidan asos solingan va Charmags nomli mahalliy tashkilot tomonidan ijaraga olingan beshta avtobusdan biridir.

So’nggi yillarda yuzlab bolalar Kobul bo’ylab ushbu ko’chma kutubxonalardan foydalanishdi, ayniqsa ko’plab maktablarda kutubxonalar yo’qligi sababli.

“Avgust oyi oʻrtalarida hukumat Tolibon qoʻliga oʻtgach, biz deyarli barcha homiylarimizdan ayrilib qoldik”, dedi tashabbus rahbari oʻrinbosari Ahmad Fahim Barakati.

Tolibon Ta’lim vazirligi bir necha hafta oldin ko’chma kutubxonalarni qayta ishga tushirishga ruxsat bergan va Barakati bir necha kun oldin avtobuslarga egalik qiluvchi Transport vazirligi bilan kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Barakatining so’zlariga ko’ra, Charmags ko’chma kutubxonalarni bir oy davomida ishlashi uchun yetarli mablag’ ajratdi.

Kutubxona xodimi: “Bizda ingliz va dari tillarida islomiy kitoblar va tasvirlangan hikoyalar, chizmachilik va oʻyinlar uchun kitoblarimiz bor”, deydi.