Gazprom-Media rasman TikTok analogini ishga tushirdi

Gazprom-Media xoldingining bir qismi bo`lgan Ritm Media ishlab chiqish jamoasi, xuddi TikTokda bo`lgani kabi, qisqa vertikal videolarni yuklash imkoniyatiga ega Yappy ijtimoiy tarmog`ining ommaviy ishga tushirilganini e’lon qildi.

“IT-ishlanma ijtimoiy tarmoqlar bozoridagi so`nggi talablarga javob beradi va qisqa vertikal videolar UGC video formatida chiqariladi”, – deyiladi loyiha press-relizda.

Yappy o`tgan yili Gazprom-Media tomonidan sotib olingan “Yamolodets” ilovasiga asoslangan. Sentyabr oyidan boshlab yangi ijtimoiy tarmoq yopiq beta-test rejimida ishlagan. Bugungi kunga qadar har oyda 300 nafarga yaqin blogerlar uni sinab ko`rishdi.