“Bloomberg” Turkiyaning “Bayraktar” uchuvchisiz uchoqlarining Ukrainaga yetkazib berilishi tafsilotlarini oshkor qildi

Bloomberg” agentligining xabar berishicha, Ukraina Turkiyadan sotib olgan Bayraktar TB2 dronlari soni avval e’lon qilinganidan ancha ko’p.

Agentlikning Anqaradagi davlat idoralaridagi manbalaridan iqtibos keltirishicha, turk tomoni 2019-yildan buyon Kiyev hukumatiga ushbu dronlarning katta miqdorini, ular uchun zarur bo‘lgan raketalar va boshqaruv-yo‘riq stansiyalari bilan birga sotgan.

“Ayni paytda ushbu dronlardan kamida yana yigirmatasiga buyurtma qabul qilindi”, — deya qoʻshimcha qildi agentlik.

O‘z navbatida, Turkiya hukumati va ushbu dronlarni ishlab chiqargan kompaniya rasmiylari bu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortdi.

Shu bilan birga, agentlikka Anqara va Kiyev Ukrainaning “Zenit-2” raketasiga o‘xshash raketalarni birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan manba Turkiya bunday niyatlarning mavjudligini inkor etishini ta’kidladi.

O’tgan yilning dekabr oyiga qadar mavjud bo’lgan ma’lumotlarga ko’ra, Kiyevda Turkiyaning oltita Bayraktar TB2 hujumchi uchuvchisiz uchoqlari va ularga bir necha yuzta yuqori aniqlikdagi raketa o’rnatilgan. 2021-yilda Ukraina 15 ga yaqin qo‘shimcha uchoq olishi ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti devoni Turkiyaning Bayraktar kompaniyasi bilan Kiyev yaqinida UUlarga texnik xizmat ko‘rsatish va modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma markaz tashkil etish yuzasidan memorandum imzolangani haqida xabar bergan edi.