Amerikalik olimlar tuz donasi o`lchamidagi kamera ixtiro qilishdi

Prinston va Vashington universitetlari muhandislari o`zidan 500 000 baravar kattaroq bo`lgan kameralar bilan bir xilda aniq va to`liq rangli tasvirlarni ishlab chiqarishga qodir bo`lgan tuz donasidek keladigan mikrokamerani ixtiro qilishdi.

Shisha yoki plastmassa linzalar o`rniga mikrokamerada kompyuter chiplarida bo`lgani kabi “metayuza” deb ataladigan moddadan foydalanildi. Ushbu 0,5 mm kenglikdagi metayuzada har biri inson immunitet tanqisligi virusi (OIV) o`lchamidagi 1,6 million dona silindrsimon ustunlar o`rnatilgan.

Turli burchak shaklidagi ustunlar yorug`likni to`g`ri ushlaydi va sindiradi, so`ngra neyron tarmoqlar ushbu ma’lumotlardan tasvirni hosil qiladi.