Yosh short-trekchimiz Rossiyada yana bir muvaffaqiyatga erishdi

22-24-noyabr kunlari Rossiyaning Yaroslavl shahrida short-trek bo`yicha “Yosh yuguruvchi” xalqaro musobaqasi bo`lib oʻtdi. Unda hamyurtimiz Alimardon Mahmudov 2 yo`nalishda muvaffaqiyat qozondi.

Yosh sportchimiz dastlab 333 metr masofaga kechgan bahsda barcha raqiblarini ortda qoldirishga erishdi. Shundan so`ng u 500 metrga kechgan yo`nalishda ham tengsiz bo`ldi. Shu tariqa, yosh vakilimiz ikki yo`nalish g`olibiga aylanib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.