Qo`shma Shtatlarda “uchar likopcha” ko`rinishidagi havo taksisi ishlab chiqirildi

Qurilma prototipi vertikal ravishda uchadi va parvoz paytida gorizontal holatga o`tadi.

Amerikaning Zeva Aero startapi “uchar likopcha” ko`rinishidagi Zeva Zero havo taksisining to`liq o`lchamli prototipini taqdim etdi. Diametri 2,4 metr bo`lgan disk shaklidagi uglerod toladan yasalgan korpus taksini havoda ushlab turish uchun yetarli darajada quvvat ishlab chiqaradi, shuning uchun havo taksisiga qanot kerak emas.

Zeva Zero 25 kilovatt-soat quvvatli akkumulyatorga ega. Bir martalik quvvat bilan qurilma soatiga 257 kilometr tezlikka erishadi va 80 kilometrgacha masofani bosib o`ta oladi. Unga to`rtta elektromotor o`rnatilgan. Zeva Zerodagi yo`lovchi dastlab yerdan vertikal holatda ko`tariladi, keyin gorizontal holatga o`tadi.

Zeva Aero muhandislari avvalroq kichik o`lchamdagi havo taksisini muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazishdi va hozirda to`liq o`lchamdagi prototipni real sharoitlarda sinab ko`rishga tayyorlanmoqda. Taxminan bir oydan keyin havo taksisi masofadan boshqarish rejimida sinovdan o`tkazila boshlanadi.

Kompaniyaning bosh direktori New Atlasga ma`lum qilishicha, qurilmaga tijorat sohasidagi mijozlar, shuningdek, favqulodda xizmatlar va harbiylarning qiziqishiga umid bildirayotganini aytdi. Uning fikricha, Zeva Zero ayniqsa Indoneziya kabi orol-davlatlar aholisi uchun individual havo transporti sifatida qo`l kelishi mumkin.