Poytaxtda ekspress avtobus qatnovi yo`lga qo`yiladi

Toshkent shahrida yo`lkira haqi 3000 so`m bo`ladigan avtobus qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqida shahar Transport boshqarmasi xabar berdi.

Toshkent shahrida yangi ekspress avtobus yo`nalishi tashkil etish rejalashtirilmoqda. 20,5 km masofalik ushbu yo`nalish 4 ta jadval asosida 23 daqiqalik oraliq interval bilan Chilonzor buyum bozori avtoshohbekatidan Bunyodkor, Furqat, Sebzor, Ahmad Donish ko`chalari orqali Toshkent xalqa avtomobil yo`lida joylashgan Uchqahramon bozori yaqinidan qayrilib olib Yunusobod mavzesi 12-daha oxirgi bekatiga qadar yo`lovchi oqimi gavjum katta oraliq bekatlarda to`xtab harakatlanadi. Yo`l kira narxi 3000 ming so`m etib belgilanadi.