Pentagon rahbari Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarni tinchlantirishga harakat qilmoqda

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin shanba kuni Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarni Vashington Xitoyga qarshi kurashga tobora ko’proq e’tibor qaratayotganiga qaramay, prezident Jo Bayden ma’muriyati mintaqaga sodiq ekaniga ishontirishga harakat qildi.

Ostinning nutqi Vashingtonning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilariga qanchalik ta’sir qilgani noma’lum, chunki nutq mintaqaga yangi turdagi qurollarning olib kelinishi yoki sotilishi haqidagi hech qanday xabar bilan tasdiqlanmagan.

Ko’rfazdagi arab davlatlari AQShning harbiy “soyasiga” juda tayanib qolgan. Ular Baydenning mintaqaga e’tibor qaratishiga, ayniqsa, AQSh Afg’onistondan chiqib ketganidan keyin ishonchsizlik bildirdilar. Davlatlar hozirda AQShning Eron bilan yadroviy bitimni qayta tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlarini diqqat bilan kuzatmoqdalar.

Ko’rfazga safari chog’ida Bahrayndagi nutqida Ostin mintaqada va butun dunyoda Qo’shma Shtatlar faqat Xitoy muammosiga e’tibor qaratayotganidan xavotirda ekanini tan oldi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington 2015-yilda imzolangan yadroviy kelishuvni jonlantirishga harakat qilayotgan bir paytda ham, Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi “turish” majburiyatini oladi.