OTB Toshkent viloyatining suv taʼminotini yaxshilash uchun 161 million dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Toshkent viloyatida oqava suvlarni integratsiyalashgan boshqaruv tizimini rivojlantirishga ko`maklashish uchun 161 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi. Mintaqada suv va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalanish yaxshilanishi kutilmoqda.

Hisobotda qayd etilishicha, poytaxt viloyati aholisining 20 foizdan kamrog`i kanalizatsiya tarmoqlariga ulangan. Shaharlarda kanalizatsiya tizimi 1991 yildan beri kengaytirilmagan.

OTB tomonidan qo`llab-quvvatlanadigan loyiha Ohangaron, Olmaliq, Angren, Bekobod, Chirchiq, Yangiyo`l va Chinoz shaharlarida markazlashgan shahar oqava suv tizimlarini yangilaydi. Loyiha davomida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, 800 mingdan ortiq aholi uchun suv hisoblagichlarini o`rnatishni ko`zda tutilgan.