Gipertovushli samolyot modeli taqdim etildi

Hermeus Quarterhorse gipertovushli samolyotining to`liq o`lchamli maketini taqdim etdi. Samolyot 5 maxgacha (soatiga 6175 km) tezlikka erisha oladi.

Samolyotga GE J85 turbojet dvigateli bloki o`rnatilgan. Aynan ushbu dvigatel yordamida yuqori tezlikka erishish ko`zda tutilgan. Bundan tashqari, 7400 km masofani bosib o`tish uchun yetarli yoqilg`i zaxirasiga ega bo`ladi.

Taqdimotning diqqatga sazovor joyi modeldagi ishlab turgan dvigatel bo`ldi. Bu tomoshabinlar uchun ham kutilmagan hodisaga aylandi.