BAA o`z aholisining 100% emlanganligini e’lon qildi

Mamlakat rasmiylarining aytishicha,joriy yilning 26-noyabr kuniga ko`ra, aholining 100% vaksinaning kamida bir dozasini qabul qilgan bo`lib, fuqarolar va rezidentlarning 90% dan ko`pi to`liq emlangandir.

BAA vaksinasiya va ommaviy PSR test dasturlarining liderlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat dunyoda birinchilardan bo`lib Xitoyda ishlab chiqarilgan Sinopharm vaksinasini sinovdan o`tkazganlardan biri hamdir.

Bugungacha BAA da 21,8 million doza vaksina ishlatilgan bo`lib, aholining 90,18% to`liq emlangandir. 2020-yilning dekabrida Dubay hukumati AQSH da ishlab chiqarilgan Pfizer-BioNTech vaksinasini ma’qulladi. Keyinroq esa Sinopharm va Pfizer bilan bolalarni ham emlash boshlandi.

2021-yilning martida BAA Fors ko`rfazi mamlakatlari orasida birinchi bo`lib koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi. Abu Dabidagi Group 42 (G42) rexnologik kompaniyasi Xitoyning  Sinopharm kompaniyasi bilan birlasghan holda Hayat-Vax deb nomlangan vaksinani ishlab chiqara boshladi.