ANKAning uchta jangovar dronlari Qozog`istonga yuboriladi

OAV xabarlariga ko`ra, Turk Aerokosmik Sanoati Qozog`istonga o`zining uchta o`rta masofaga uchuvchi uchuvchisiz Anka rusumli dronlarini sotadi.

Kompaniya va Markaziy Osiyo davlati o`rtasida muzokaralar anchadan beri davom etib kelgan va nihoyat oktabr oyida shartnoma imzolangan edi.

2021-yilning may oyida Turkiya va Qozog`iston o`rtasida harbiy hamkorlik to`g`risidagi bitim imzolangan bo`lib, unda uchuvchisiz uchish apparatlari yo`nalishida razvedka va hujum qilish bo`yicha taktik tajriba almashish ham ko`zda tutilgan.

Turk muhandislari tomonidan mahalliy holatda ishlab chiqarilgan Anka 2010 yil 30 dekabrda ilk parvozini amalga oshirgan. Anka-S dronining qurolli versiyasini ommaviy ishlab chiqarish bo`yicha kelishuv 2013-yil oktabr oyida imzolangan va u Turkiya inventarizatsiyasida 2017 yilda paydo bo`lgan.