Xitoy Afg’onistonga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

Social News nashrining habar berishicha, Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I AQSH va G’arb davlatlarini Afg’onistonga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi.

Vazir Dohada Afg’oniston Muvaqqat hukumati rahbari Abdulg’aniy Barodar bilan uchrashuvda Xitoyning Afg’oniston suverenitetini, mustaqilligi va hududiy yahlitligini hurmat qilishini ta’kidlab, o’z taqdirini o’zi hal qilayotgan ve rivojlanish yo’lini tanlayothan afg’on halqini qo’llab-quvvatlashini aytib o’tdi. AQSH va G’arb davlatlariga qilgan murojaatida Van I ularni Afg’onistonga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni qaytadan ko’rib chiqishga chaqirdi.

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Afg’onistonning barqarorlik va rivojlanish tomon qadam bosishiga yordam berish uchun barcha tomonlarning Tolibon bilan pragmatik ravishda aloqalar o’rnatishlari zarurligini ta’kidlab o’tdi.