UNICEF Yamanda 10 ming nafar bola o’ldirilgan yoki nogiron bo’lib qolganini ma’lum qildi

BMT UNICEF bolalar agentligining ma’lum qilishicha, 2015 yil mart oyida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiya Eronga aloqador husiylar guruhi hukumatni ag’darganidan so’ng mamlakat ichki ishlariga aralashuvidan beri o’n ming nafar yamanlik bolalar halok bo’lgan yoki nogiron qilingan.

“Bu har kuni to’rt nafar bola degani”, – dedi UNICEF vakili Jeyms Elder Yamanga tashrifidan qaytganidan keyin Jenevada bo’lib o’tgan BMT brifingida. U shuningdek, ko’plab bolalarning o’limi yoki jarohati haqida xabar berilmaganini qo’shimcha qildi.

“Yamanda har besh boladan to’rt nafari – jami 11 million nafar bola gumanitar yordamga muhtoj, 400 ming nafari to’yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda, 2 milliondan ortig’i esa maktabga bormaydi”, – dedi Elder.

Saudiya Arabistoni va husiylar olti yildan ortiq davom etayotgan urushni tugatish uchun murosaga qarshilik ko’rsatayotgani sababli, umummilliy o’t ochishni to’xtatish bo’yicha BMT boshchiligidagi sa’y-harakatlar to’xtab qolgan.