Nyu-York metrosidagi otishmada bir kishi yaralandi

Nyu-York politsiya departamenti bir kishi shahar metrosi yo’lovchisiga qarata to’pponchadan o’q otib, uni jarohatlagani haqida xabar berdi.

Shahar politsiyasi tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, hodisa (N) yo’nalishida, metro poyezdi Manxetten 14-ko’chasi – Union Square markaziy ayirboshlash stantsiyasiga yaqinlashayotganda sodir bo’lgan.

Hodisa metro vagonlari gavjum bo‘lgan vaqtda sodir bo‘lgan va jabrlanuvchidan boshqa hech kim jabrlanmagan.