Kuba prezidenti AQSh elchixonasini o’z mamlakatini beqarorlashtirishga urinishda aybladi

Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel AQShning Gavanadagi elchixonasi turli yo’llar bilan o’z mamlakatidagi rejimni buzishga urinayotganini, Kuba rahbariyati esa bunday amaliyotlarga qarshi tura olishini ta’kidladi.

U Twitter’da shunday deb yozdi: “AQShning Kubadagi elchixonasi mamlakatimizning ichki tartibiga putur yetkazish uchun afsusli va sharmandali niyatda. Biz ularga qarshi turish va ularning harakatlarini qoralash uchun qat’iy qarorga egamiz”.

U qo‘shimcha qilib: “Amerika diplomatik vakillari Kuba inqilobiga qarshi bo‘lganlar bilan uchrashib, ularga texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatadilar”, dedi.

Mahalliy hokimiyat avvalroq Kuba muxolifati vakillarining 15-noyabr kuni yirik shaharlarda hukumatga qarshi namoyishlar tashkillashtirish haqidagi iltimosni rad etgan edi, chunki bu mitinglar hukumat nuqtai nazaridan respublikadagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan.

Dias-Kanel o‘tgan iyul oyida qator shaharlarda yuz bergan tartibsizliklar va talon-tarojlardan so‘ng, “Kuba inqilobi himoyachilari”ni hukumatga qarshi provokatsiyalarning oldini olish uchun ko‘chalarga chiqishga chaqirdi.