Dunyo milliarderlari reytingi yangilandi

Reytingda yetakchilik qilayotgan Elon Mask bir sutka ichida 36 milliard dollardan ortiq daromad olgan.

SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask 25 oktabr kuni 36,2 milliard dollar ishlab topdi. Natijada uning boyligi 289 milliard dollarga baholangan va u Bloomberg talqiniga ko’ra, eng badavlat kishilar orasida birinchi o’ringa chiqib olgan.

Teslaning bozor kapitallashuvi dushanba kuni 1 trillion dollarga yetdi. Kompaniyaning NASDAQdagi aksiyalari 12,66 foizga oshib, bir dona aksiya narxi 1024,86 dollarni tashkil qildi. Nega bunday bo’lganiga hayron bo’lib turibsizmi? Gap shundaki, Hertz avtomobil ijarasi xizmati birdaniga 100 mingta Tesla avtomobiliga buyurtma bergan. Ushbu bitim tarixdagi elektromobillarni sotib olish bo’yicha eng yirik xarid hisoblanadi.

Bloomberg agentligining milliarderlar reytingida ikkinchi o’rinni Amazon asoschisi Jeff Bezos 193 milliard dollar miqdoridagi boyligi bilan, uchinchi o’rinni esa Louis Vuitton Moet Hennessy kompaniyalar guruhi bosh direktori Bernard Arno 163 milliard dollar pullari bilan egallab olishgan.