Britaniya sog’liqni saqlash xizmatlari salohiyatini oshirish uchun 8,1 milliard dollar ajratishni rejalashtirmoqda

Britaniya mamlakat sog’liqni saqlash xizmatlari salohiyatini oshirish uchun 8 milliard dollardan ortiq yordam paketini tarqatishni rejalashtirmoqda.

Buyuk Britaniya moliya vazirligining ma’lum qilishicha, vazir Rishi Sunak shu hafta e’lon qiladigan byudjetga navbatdagi bir necha yil ichida sog’liqni saqlash xizmatlari uchun 5.9 milliard funt (8.1 milliard dollar) qo’shimcha xarajatlar kiritiladi.

Paketga test xizmatlari uchun 2,3 milliard funt, sog’liqni saqlash xizmatini qo’llab-quvvatlaydigan texnologiyani yaxshilash uchun 2,1 milliard funt va yotoqlar sonini ko’paytirish uchun 1,5 milliard funt sterling mablag’lar kiradi.

Shanba kuni hukumat sog’liqni saqlash sohasidagi tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun 5 milliard yevro va ta’lim uchun 3 milliard yevro miqdorida mablag’ ajratilishini e’lon qildi.