“Biz O’zbekiston YeOIIga to’laqonli a’zo bo’lishini istardik”

Rossiya Davlat Dumasining MDH ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Leonid Kalashnikov Sputnik muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida Oʻzbekistonning YevroOsiyo Iqtisodiy Ittifoqiga kirishi mumkin boʻlgan ijobiy tomonlari haqida gapirdi.

“Biz Oʻzbekiston YeOIIda epizodlar boʻyicha emas, kuzatuvchi sifatida emas, balki toʻla huquqli aʼzo sifatida boʻlishini istardik, buning uchun hamma narsani qildik”, – dedi u.

Deputat ko’plab tadbirkorlarni mamlakat YeOIIga qo’shilgan taqdirda xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan raqobat kuchayishi xavotirga solayotganini ta’kidladi. Lekin bu unchalik ham to’g’ri emas.

Uning so’zlariga ko’ra, o’zbek biznesi bundan faqat foyda ko’radi, chunki ular uchun ulkan Rossiya bozori ochiladi. Kalashnikov YeOIIga qo’shilgandan keyin tovar aylanmasi 25 foizga oshgan Belarus, Armaniston, Qozog’iston va Qirg’izistonni misol qilib keltirdi.

Ittifoqning umumiy texnik reglamenti esa, deya qo’shimcha qildi Kalashnikov, O’zbekistonga u yoki bu mahsulotni sotishni osonlashtiradi.